Uzbekistan Trade Info savdo operatsiyalariga tegishli barcha jarayonlar haqida tartib bilan ma’lumot beradi
- mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan barcha jarayonlar sanab o‘tilgan;
- jarayonlarni bajarish ketma-ketligi bo‘yicha tartibga solingan (masalan, mahsulotlarni bojxonada rasmiylashtirishtiruvidan oldin va hokazo, muvofiqlik sertifikati yoki veterinariya sertifikati talab qilinishi mumkin).
- Oldindan ro‘yxatdan o‘tish/dastlabki ro‘yxatdan o‘tish: jismoniy yoki yuridik shaxs litsenziyalar va ruxsatnomalar olishga ariza berishi uchun ko‘p hollarda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu omborxona tomonidan tekshirish yoki veterinariya tekshiruvi bo‘lishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tashkiloti faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
- Litsenziyalar: bir qator soha va tarmoqlarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni xohlovchi tashkilotlar (alohida korxonalar yoki korporatsiyalar) ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun oldindan litsenziya va zarur ruxsatnomalarni olishlari kerak. Ba’zi hollarda litsenziyalar har yili yangilanishi kerak.
- Ruxsatnomalar: bojxona rasmiylashtiruvidan oldin tovar uchun olinishi kerak bo‘lgan ruxsatnomalar. Masalan, bu fitosanitariya yoki veterinariya sertifikati, kelib chiqish sertifikati, import ruxsatnomasi, muvofiqlik sertifikati va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ushbu tartib-qoidalar har bir yuk savdo operatsiyasi yoki jo’natilayotgan yuk partiyasi uchun bajarilishi kerak.
- Bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorat tartib-qoidalari: yukni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish va cheqara nazorat punktidan chiqishda yoki kirishda o‘tilishi zarur bo‘lgan barcha tartib. Bularga bojxona deklaratsiyasini taqdim etish, chegaradan o‘tishdagi tekshiruv, yukni muhrlash va boshqalar kiradi. Ruxsatnomalarda bo‘lgani kabi, bu tartib har bir yangi savdo operatsiyasi uchun alohida talab qilinishi mumkin.
Jarayonlarning bosqichma-bosqich tavsifi
Har bir bosqichning tafsiloti (kontaktlar, talablar, natija va boshqalar)
- zarur bo‘lgan aloqa ma’lumoti, jumladan tashkilot nomi, manzili, telefon raqami, veb-sayt, elektron pochta manzili va boshqalar. ("Qayerga murojaat qilish mumkin?");
- talab qilinadigan hujjatlar, shu jumladan yuklab olinadigan shakllar va tasdiqlovchi hujjatlar (“Nima olib kelish kerak?”);
- xarajatlar, ya’ni, zarur yig‘imlar va to‘lovlar tafsiloti, shu jumladan to‘lov usullari ("Qancha turadi va qanday to‘lashim kerak?");
- kutilgan natija (“Men nima olaman?”);
- bosqichning barcha elementlari uchun qonuniy asosga havola, xususan, talablar va to‘lovlarga ("Qonuniy asos?");
- bosqichni amalga oshirish muddati (“Bunga qancha vaqt ketadi?”);
- shikoyat va murojaat qilish usullari (“Muammo bo‘lsa, qayerga shikoyat qilishim mumkin?”).